TETIS

TETIS [yunonlarning dengiz maʼbudasi (Thetis) nomidan] — mezozoykaynozoy boshlarida Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasida mavjud boʻlgan qad. dengiz havzalari sistemasi. «Tetis» termini 19-a. ning oxirlarida E. Zyuss tomonidan taklif qilingan. Ilgari Tetis egallagan oblastlar avstraliyalik paleontolog M. Neyman tomonidan Markaziy Oʻrta dengiz deb atalgan. Natijada «Tetis» termini oʻsha regionning paleozoy okeanida Paleotetis nomi bilan tarqalgan. Neogenda Tetis oʻrnida Alp—Himolay togʻ mintaqasi vujudga kelgan. Paleogenneogen dengizlari — mezozoy Tetis ining qoldiqlari Paratetis; uning relikti hoz. zamon Oʻrta, Qora va Kaspiy dengizlari va Fors qoʻltigʻidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x