YOGʻOCHOYOQ

YOGʻOCHOYOQ — oʻzbek xalq sirk sanʼati janrlaridan. Ijrochi oyoklariga 3 — 3,5 m uzunlikdagi yogʻochlarni bogʻlab ustidan uzun shim kiyib oladi va qayroq b-n raqs («Jonon», «Andijon polkasi», «Norimnorim», «Lazgi»)ga tushadi. Unga surnay, nogʻora, doyra joʻr boʻladi. Yogʻochoyoq oʻyinlari xalq sayillarida ayniqsa, dorboz truppalarida keng koʻrsatiladi. Mas, Andijondagi Kimsan Nazaraliyev, Toshkentdagi Toʻlqin Boltayev, Buxorodan Rabbim Sohibov, Shahrisabzdan Saʼdulla Mamadaliyev, Samarqanddan Bozorboy Qurbonovlarning shogirdlari va b. bor. Yo. chilar oʻyin paytida qoʻlida pichoklar, bulavalar, koptokchalar va ayniqsa gardishga 12 ta choynak bilan piyolani ustmaust qoʻyib piramida qilib aylantirib oʻynashadi. Shohimardonlik Ahadjon Nabiyev dorbozlari Yogʻochoyoqda dor ustida yurib tomosha koʻrsatadi. Yogʻochoyoq oʻyinlari bayram va sayillarda hozir ham koʻrsatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x