SAQIL

SAQIL (arab. — ogʻir, vazmin) — 1) Sharq musiqa nazariyasida past (yoʻgʻon) tovushning ifodasi (q. Asmoʼunnagʻam); 2) qad. mashhur doira usullarining nomi (mas, Saqili avval, Saqili soniy va b.);

3) Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning mushkilot boʻlimi yakuniy qismi (mas, Buzruq maqomida S i Islimxon, Saqili Sulton, Rostda Si vazmin, Si Rakrak va b.). Shashmaqomdagi Saqil larning doira usullari juda murakkab va keng hajmli boʻlib, 2/4 oʻlchovda 24 takt davomida ijro etiladi. Shunga qaramay, Saqillar jozibali va yoqimli kuylardan tashkil topib, tinglovchiga oson yetib boradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x