GEVELIY

GEVELIY (Hekelius) Yan (1611.28.1-Gdansk —1687.28.1) — polyak astronomi. 1641-y. da Gdanskda Yevropada eng yirik rasadxona kurgan. «Selenografiya yoki Oy relyefining bayoni» (1647) asarini yozib, selenografiyaga asos solgan. Oyning batafsil xaritasini (1647), 1564 yulduzning katalogi (roʻyxati)ni (1687) tuzgan. G. Kuyosh holati jadvalini takomillashtirgan; Oyning optik libratsiyasini topgan (q. Oy libratsiyasi) va 4 kometani kashf qilgan. 1690-y. da «Yulduzlar osmonining atlasi» («Uranografiya») chop ettirilgan. Mazkur atlas akad. V. P. Shcheglov tomonidan bir necha marta qayta nashr qilingan. Atlasda keltirilgan ikki gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan Ulugʻbekka ham faxrli oʻrin berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x