JARIB (arab.) — yuza, hajm va ogʻirlik oʻlchov birligi; sharq mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyoda 7-a. dan boshlab qoʻllanilgan. Yuza oʻlchov birligi, aynan tanobta tent: 1J. =1 tanob = 3600 kv. gaz.
Baʼzi adabiyotlarda Jarib 1 gaz = 66,5 sm boʻyicha aniqlangan, yaʼni 1J. = 1592 m2. J. ilk oʻrta acrda 1592 m2 (kichik jarib), 5837 m2 (katta jarib) boʻlgan. 15-a. dan boshlab 960 m2. Hoz. vaqtda Eronda 1J. rasman 1 gektarga teng boʻlsada, Jaribning taxm. 400 m2 dan 1450 m2 gacha oʻzgarib turuvchi mahalliy turlari ham mavjud: jaribi shohiy 1200 m2 ga, jaribi rasmiy 760 m2 ga teng. Oʻrta Osiyoning huquqiy hujjatlarida Jarib bilan tanob bir xil yuza oʻlchovini ifoda etgan. Yer oʻlchovchi mansabdor jaribkash yoki jarib amin deb atalgan; ogʻirlik oʻlchov birligi: qiymati ishlatilish vaqti va joyiga qarab har xil boʻlgan. Madinada 7—9-a. da 22,825 kg, Eronning turli yerlarida 10-a. da 32,5 kg dan 108,3 kg (138 l) gacha, 14-a. da esa 1J. 100 kg boʻlgan; hajm oʻlchov birligi: qiymati ishlatilish joyiga qarab har xil boʻlgan. 7-a. da Madinada Umar xalifaligi davrida 1J. 3,245 kg bugʻdoy sigʻadigan 4,2125 l hajmga teng boʻlgan. Eron va Oʻrta Osiyoning turli yerlarida 1J. 100 kg bugʻdoy sigʻadigan 130 l hajmga teng boʻlgan (1J. =130 l).