AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTI

AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTIOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun huj-jatlarini kuzatish, oʻrganish, baholash va istiqbolni belgilash in-ti. 1996-y. 3 dek. da Toshkentda tashkil etilgan. U jahonda birinchi parlament intidir. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti qonun hujjatlarini tahlil etib, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga muvo-fiqlashtiradi, qonunchilik ishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar beradi, qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazadi. Tarkibi 5 boʻlim (shu jumladan, tahririyat-noshirlik boʻlimi) va kotibiyatdan iborat. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti OʻzR Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda ishlaydi, xalqaro tashkilotlar, xorijiy i. t., maslahat va oʻquv markazlari, olimlar va mutaxassislar b-n ilmiy va amaliy aloqalar oʻrnatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x