Alifbo hariflariga oid sherlar 21 октября, 2021 от adminAlifbo yakuni uchun atalgan she’rlar. Har bir harfga she’r A A dan boshlab alifbo Bo’ling der doim a’lo Unlidirman unutmang Bo’lingiz doim dono. B Bolalarga bosh bo’lar Sizlarga sirdosh bo’lar Bahrom, Barno, Botirni Yozganda yo’ldosh bo’lar D D man davrada doim Dono bo’ling iloyim Davron, Dilshod, Dilafruz Dostdir hamisha hamro’z. E E demang meni ko’rib Ehtiyot bo’ling kulib Ekranda Erkin akam Ertak so’zlar chinakam. F F harfiman men o’zim Fahmlang har bir so’zim Farida, Furqat, Farhod Mendan bishlanar faqat G G ga quloq tutingiz Gulzorlarga o’tingiz Gul ushladim qo’limga. Gilam to’shang yo’limda. H H man hayron bo’lmaglar Yo’lni to’sib turmanglar Handalak bor qo’limda Hamrph bo’ling yo’limda. I I harfini bilingiz Ishda ilg’or bo’lingiz Iroda, Izzat, Ikrom Istagi o’qish tamom. J J harfini bilasiz Nega jahl qilasiz? Jamila, Jasur, Javlon Jo’jani quvdi chunon. K K dan koptok yozamiz Katta bo’lsak o’zamiz Kattani aylang hurmat Keladi baxt – saodat. L L dan lola yozamiz Limuzinda o’zamiz Latif, Laylo, Latofat Loqaydlikka yo’q toqat. M M dan yozilar maktab Mening do’stimdir kitob Murod, Maqsud, Mo’tabar Madina maktub yozar. N N harfini bilamiz N siz nima qilamiz? Noz – ne’mat non bo’ldi Ochil dasturxon bo’ldi. O O oyga o’xshar ekan Osmonda uchar ekan Obid, Olim, Ozoda Ostonang bo’lsin toza P P harfiman bilingiz Kuzda paxta teringiz Po’lat, Parfi, Pokiza Paxta teringiz toza. Q Q dan qayiq yozamiz Qayerlarga suzamiz Qishda qarg’a uchadi Qarang, qorni quchadi. R R ga ruxsat beramiz Rasm so’zin yozamiz Ra’no, Rahim, Ruhsora Dono, aqlli bola. S S man soatga boqing So’zining mag’zin chaqing Sobir, Said, Surayyo So’zdan adashmang aslo. T T man tanib olursiz To’maris deb yozursiz Toshkent ona shahrimdir T harfidan yozgumdir. U U man uchrab ko’p so’zda Sizga tanish bo’laman Uzum, ummon, Umida So’zlarini yozaman. V Men V durman bilursiz Varrak so’zin yozursiz Vasila, Vohid, Vail Yozing kelganda gali. X Qattiq X derlar meni Yozgum taxta, paxtani Xo’roz, xona, xola ham Men bilan bo’ladi jam. Y Y man balki bilursiz Yo tanimay qolursiz Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb Mendan boshlab yozursiz. Z Z deydilar otimni Bilasizmi zotimni Zuhra, Zahro, Zokirjon Mendan boshlanur chunon O’ O’ deydilar har zamon O’tir, o’rtoq bo’laman O’zbekiston so’zini Faxr bilan yozaman. G’ G’ harfini tanirsiz G’ayrat bilan o’qirsiz G’ani, G’ulom, G’afurning G’amini yo’qotursiz. Sh Sh harfiman bilasiz Shoshib – shoshib kelasiz Shokir, Shahzod, Shadmonni Shogirtlikka olasiz. Ch Ch man tanib olingiz Charchoq bilmay qolingiz Chollarni chaman qilib Chaqqon – chaqqon bo’lingiz. Ng Ng bordir singilda Yoki biror ko’ngilda Tongda dengizda suzdim Daladan bordring uzdim. ‘ Tutuq qo’yib yozaman Unlini sal cho’zaman Ra’no, ma’no, a’lodir Yaxshi bola donodir.Related Posts:Bolalarga she’rlar – alifbo haqidaAskarlar haqida sara sherlar to‘plami"Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" uchun sherlarBahor fasli haqida sara sherlar to‘plamiMuhammad Yusuf Vatan haqida sherlarOnajon tugilgan kuningiz bilan tabriklayman sherlar