KLARK, elementlar klarki — muayyan tabiiy sistema (Yer poʻsti, gidrosfera, atmosfera, biosfera, umuman, Yerda yoki samoviy jismlar) tarkibida kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdorini bildiruvchi son. K. massa birligida (%, g/t va h. k.) va atomlar % yoki %p sida ifodalanadi. Yer poʻstini tashkil qilgan turli togʻ jinslarining kimyoviy tarkibiga qarab ularni 16 km chuqurlikka qadar tarqalganligini hisobga olgan holda maʼlumotlarni umumlashtirish birinchi marta amerikalik olim F. U. Klark (1847—1931) tomonidan bajarilgan (1889). Yer poʻsti tarkibidagi kimyoviy elementlarning Klark aniqlagan foiz mikdorini keyinchalik rus olimi A. Ye. Fersman yanada takomillashtirib, uni Klark sonlari yoki klark deb atashni taklif qildi. Yer poʻstida, uning hoz. zamon tushunchasi boʻyicha sayyoraning Moxorovichich chegarasi (Moxorovichich yuzasi)dan yuqori qismi sifatidagi qatlamida elementlarning oʻrtacha mikdori rus olimi A. P. Vinogradov (1962), amerika olimi S. R. Teylor (1964), nemis olimi K. G. Vedepol (1967) tomonidan hisoblab chiqilgan. Elementlar klarkidan foydali kazilma konlarida, togʻ jinslarida yoki regionlarda kimyoviy elementlar konsentratsiyasining koʻp yoki kamligini qiyoslashda etalon sifatida foydalaniladi. Baʼzida Klark termini elementlarning konlarda yoki alohida massiv (hudud)lardagi oʻrtacha mikdori sifatida notoʻgʻri talqin etiladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии