KITVENKANA

KITVENKANA — Zambiyadagi shahar. Kafue daryosi (Zambezi irmogʻi) sohilidagi Kitve va Nkana sh. larining qoʻshilishidan tarkib topgan. Kopperbelt provinsiyasining muhim savdo va sanoat markazi. Aholisi shahar atrofi b-n 340 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda mis qazib chiqariladigan muhim r-nga xizmat qiluvchi yirik savdo markazi. Shaharda bir necha yirik mis konlari, mis eritish va elektroliz z-dlari, kimyo, elektr jihozlar, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Texnologiya in-ti, amaliy sanʼat va savdo kolleji, teatr bor. Shaharga 1935-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x