KISLOROD BILAN KESISH

KISLOROD BILAN KESISH, gaz bilan kesish, avtogen bilan ke-s i sh — metall buyumlarni gaz alangasida erish t-rasidan birmuncha past t-ragacha qizdirib kislorod oqimida kesish. Bunda metallning kesiladigan joyi yonadi, metall oksidlari va erigan metall soplodan chiqadigan kislorod oqimida puflab ketkaziladi. Qizdirishda koʻpincha atsetilen, vodorod, benzin (baʼzan elektr toki)dan foydalaniladi. Past va oʻrtacha legirlangan poʻlatlar (qalinliti 1—300 mm) Kislorod bilan kesishga moyilligi yaxshi. Xromli poʻlat, choʻyan va rangli metallarni kesishda flyus qoʻllaniladi. Flyus sifatida metall va metalmas material kukunlari ishlatiladi. Kislorod bilan kesishda metallar maxsus asbob — kislorodli keskich bilan qoʻlda yoki mashinada kesiladi. Kislorod bilan kesish mashinasozlik, qurilish, metallurgiya Va b. sohalarda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x