DYURKXEYM

DYURKXEYM (Durkheim) Emil (1858.15.4, Epinal – 1917.15.11, Parij) — fransuz sotsiologi, fransuz sotsiologik maktabi asoschisi. Individualpsixologik va biologik yoʻnalishlarga qarshi chiqqan, jamiyatga individlar majmui boʻlmagan reallik deb qaragan. Ayni vaqtda jamiyatda «kollektiv ong»ning hal qiluvchi rolini alohida koʻrsatgan. Mehnat taqsimotini ijtimoiy birdamlikning asosi deb hisoblab, ijtimoiy nizolarni jamiyat illati deb talqin qilgan. Asosiy asarlari: «Ijtimoiy mehnat taqsimoti haqida» (1893), «Oʻz-oʻzini oʻldirish» (1897), «Diniy hayotning oddiy shakllari» (1912).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x