ABADIY QORLAR

ABADIY QORLARyil boʻyi erimay yotadigan muz va qor qoplami. Issiq va moʻtadil oʻlkalarda baland togʻ va yassi togʻ choʻqqilarida, qutbiy oʻlkalarda — tekisliklarda ham uchraydi. Yil davomida yogʻadigan qattiq atmosfera yogʻinining oʻsha joyning relyef va ikdim sharoitida erib yoki bugʻlanib ketadigan miqdoridan ortishi hisobiga yuzaga keladi. Abadiy qorlarning faqat eng yuqoridagi yuza qatlamigina qordan iborat, chuqurlashgan sari, ustki qatlamlar bosimi tufayli firn (qotgan qor) va muzga aylanadi. Abadiy qorlarning eng quyi chegarasi qor chegarasi deb ataladi. Abadiy qorlarning yuzasi koʻp hollarda shu joy relyefini silliklangan tarzda aks ettiradi; shu bilan birga Abadiy qorlarning oʻziga taallukli mikrorelyef shakllari ham (seraklar, erish egatlari, uyali qor) mavjud. Tekis yuzalarda shamol qorlardan turli qor uyumlarini shakllantiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x