AXMEDOV

AXMEDOV Shokir (1943.25.2, Toshkent) — baletmeyster. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtini (1962), Moskva davlat teatr sanʼati intining baletmeysterlik f-tini (1972) tugatgan. 1962—65 y. lar Oʻzbek davlat Katta ashula va raqs ansamblida, 1972—74 y. lar «Shodlik» ansamblida, 1974-y. dan Muqimiy teatrida bosh baletmeyster. Axmedov sahnalashtirgan eng yaxshi raqslar: «Erkaklar katta raksi», «Uchrashuv»; spektakllarda — «Jonim fido», «Nurxon», «Arshin mol olon», «Super qaynona», «Dilafroʻzga toʻrt oshiq», «Taqdir», «Ur, toʻqmoq!», «Paranji sirlari» va b. A. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan tantanali bayramlarda bosh baletmeyster sifatida ishtirok etgan. Raqslarida zamonaviyijtimoiy ruh asosiy oʻrin tutadi. Mumtoz raqslarga ham yangicha sayqal berish, doimo originallikka, oʻziga xos raqslar yaratishga intilish Axmedov ijodiga xosdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x