KOMRON

KOMRON, Komron Mirzo (1509, Agra — 1557, Makka) — shoir va davlat arbobi. Boburning oʻgʻli. Adabiyot, harb va siyosat ilmlarini dastlab otasi Boburdan, soʻngra oʻsha davrning yetuk olimlari, davlat arboblaridan oʻrgangan. Otasi hayotligida Qandaxrr va Ko-bul hukmroni edi. Bobur vafotidan soʻng Humoyunning farmoni bilan Panjob va Hind daryosi vohasi ham unga topshirildi. Shershoh Suriy Boburiylar davlatini bosib olgach (1540), ushbu vaziyatdan foydalangan Komron ukasi Hindol Mirzo bilan qoʻshilib, Agrani egallaydi. Humoyun Eronga qochib, safaviylar shohi Tahmaspdan koʻmak soʻraydi. Komron esa Afgʻonistonda ota mulkini asrab, mamlakatni obodonlashtirishga katta eʼtibor beradi. Shoirlar, olimlar, sanʼatkorlar, hunarmandlarni saroyiga chorlab, ularga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam koʻrsatadi. Kobulni ilmu hunar, adabiyot va sanʼat markaziga aylantiradi. Afgʻonistonning barcha viloyatlarini qoʻlga kiritib, oʻzini podshoh deb eʼlon qiladi. Oʻz nomiga xutba oʻqitib, tanga zarb qildiradi. 1545-y. Humoyun Erondan qarbiy yordam olib, Komron tasarrufidagi Qandahor, Kobul, Gʻazna, Badaxshonni egallaydi. Jangda Komron yengilib, asirga olinadi. Humoyun Komronning gunohidan kechib, unga Koʻlob hokimligini beradi. Ammo 1 yildan soʻng Humoyunning Balxga ketganidan foydalangan Komron yana akasiga qarshi chiqadi. Kobul yaqinidagi Tangihoda boʻlgan jangda Komron yengilib qochadi (1550), ukasi Askariy Mirzo asirga olinadi. Komron pushtunlar qabilasining sardori Odam Kaxkardan yordam soʻraydi. Odam Kaxkar pushtunlarning mex. mondustlik odatlariga xilof ravishda Komronni Humoyunga toʻtib beradi. Humoyun yana Komronning gunohidan kechmoqchi boʻlganida, arkoni davlat bunga yoʻl qoʻymaydi. Natijada Humoyun Komronni koʻziga mil torttiradi. K. Kaʼbani ziyorat qilib, 3 yil Makkada yashaydi va shu yerda vafot etadi. U Muhammad (sav) ning katta zavjalari Xadicha qabrining oyoq tomoniga dafn qilinadi.

Komron devonining 3 ta qoʻlyozma nusxasi saqlanib qolgan. Ulardagi turkiy sheʼrlar: 40 gʻazal, 21 fard, 26 rubo-iy, 3 qitʼa, 9 masnaviy va tarkibband (1114 miyera). Dariy tilidagi sheʼrlar: 26 gazal, 22 fard, 4 ruboiy, 3 qitʼa, 4 masnaviy (346 miyera). Devonining qoʻlyozma nusxalariga kirmagan dariy tilida bitilgan baʼzi gʻazal, ruboiy va fardlar turli tazkira va bayozlardan topilgan. Komronning xrzirgacha maʼlum dariy tilidagi sheʼrlari 418 miyeradan iborat. Komron otasi Bobur kabi, asosan, gʻazal janrida ijod qilgan. Fazallarida koʻproq sufiyona qarashlar aks etgan («Zihi har zarradin husnung huvaydo…»). Borliq va undagi barcha narsa-hodisalar Yaratganningtajallisi boʻlib, butun olam oʻzining turli shakllarda tovlanishidan boshqa narsa emasligi kabi maʼlum darajada panteizmga yaqin turuvchi gʻoyalarni ilgari suradi. Shoirning masnaviylari, asosan, irfon va tasavvuf, hikmat va pandnasihat, axloqiy va maʼnaviy mavzularga bagʻishlangan. Komron devoni qoʻlyozma nusxalari Hindistonning Pat (Xudobaxsh kutubxonasi, inv. №470) va Kalkutta (Osiyo jamiyati qoʻlyozmalar fondi, inv. №668) shaharlarida saqlanadi.

As: Devon, T., 1993.

Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.

Habib Abdunazar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x