ATSETILXOLIN

ATSETILXOLIN (Acetylcholinum) — yuksak fiziologik taʼsirga ega biologik amin, xolinning atsetat efiri, rangsiz organik modda, mediatorlardan biri. Nervda va neyromuskullar sinapsida hosil boʻladi. Kimyoviy toza Asetilxolin asosan tuz holida uchraydi. Havoda turishi bilan namlanib suyuqlanadi. Suv, spirt va xloroformda yaxshi eriydi, efirda erimaydi. Umurtqali va koʻpchilik umurtkasiz hayvonlarning toʻqimalarida boʻladi. Nerv sistemasi faoliyatida katta oʻrin tutadi. Asetilxolinning biologik funksiyasi nerv uchlaridan impulsni muskullarga va sinapelarda qoʻzgʻalishni oʻtkazish bilan bogʻliq. U doimo nerv uchlarida sintezlanib, impuls oʻtkazilgach atsetil xolinesteraza fermenti taʼsirida parchalanadi. Asetilxolin xolinergik neyrotransmitter sifatida taʼsir koʻrsatadi, muskullar qisqarishini qoʻzgʻatadi. Hayvonlar organizmiga Asetilxolin kiritilsa, yurak urishi susayadi, qon bosimi pasayadi, meʼda va ichak faoliyati tezlashadi. Asetilxolin baʼzi tomir kasalliklarida, miya tomirlari spazmi, oyoq-qoʻl tomirlari emboliyasi, shuningdek paroksizmal taxikardiyada qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x