ISSIQLIK REAKTORI

ISSIQLIK REAKTORIyadro yoqilgʻisining boʻlinish reaksiyasi koʻpincha issiklik yoki sekin neytronlar b-n vujudga keladigan yadro reaktori. I. r. ning tez reaktorlardan farqi Issiqlik reaktorining faol (aktiv) zonasida neytronlarni samarali sekinlashtirgich (suv, ogʻir suv, grafit va b.) borligidir. Bu muhitda yadro yoqilgisi tabiiy uran yoki 235U, 239U, yohud 233U ham boʻladi. Oʻzaklarida yadro yoqilgʻisi boʻlgan issiklik ajratuvchi elementlardan tashqari bu zonada yutuvchi elementlari boʻlgan boshqarish sterjenlari joylashtiriladi. Aktiv zonali neytronlar qaytargich (berilliyli, grafitli va b.) bilan oʻraladi. Yadro yoqil-gʻisini sovituvchi issiklik eltgichlar sifatida, asosan, suv (ogʻir suv), geliy, karbonat angidrid, organik suyukliklar ishlatiladi. Atom yadrolarining boʻlinishi, asosan, tez neytronlar hisobiga yuz beradigan tez reaktorlarga nisbatan issiklik (sekin) neytronli reaktorlarda yadro yoqilgʻi-sining kritik massasi kichik, konst-ruksiyasi sodda boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida qoʻllaniladi. Issiqlik reaktorining energetik va tadqiqot xillari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x