MAKROEVOLYUTSIYA

MAKROEVOLYUTSIYA (makro… va evolyutsiya) — turlardan yuqori taksonlar [urugʻlar (turkumlar),oilalar, turkumlar (tartiblar), sinflar va b. ] ning hosil boʻlishiga olib keladigan evolyutsion jarayon. «M» termini rus biologi Yu. A. Filipchenko (1927) tomonidan taklif etilgan boʻlib, ayrim olimlar unga oʻziga xos jarayon sifatida qarashadi. Lekin koʻpchilik olimlarning fikricha, Makroevolyutsiya oʻziga xos mexanizmga ega boʻlmasdan, faqat mikroevolyutsiya jarayonlari orqali amalga oshadi; mikroevolyutsiya jarayonlari toʻplana borib, Makroevolyutsiya koʻrinishida ifodalanadi. Makroevolyutsiya evolyutsion oʻzgarishlarning tarixan uzoq davom etadigan umumlashmasidan iborat. Shu sababdan Makroevolyutsiyada organik dunyo evolyutsiyasining mikroevolyutsiya darajasida kuzatib boʻlmaydigan umumiy xususiyatlari, yoʻnalishlari va qonuniyatlari yaqqol namoyon boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x