ZOHIDOV Tesha Zohidovich

ZOHIDOV Tesha Zohidovich (1906.10.5, Qoʻqon — 1981.22.8, Toshkent) — Oʻzbekistonda zoologiya fani tashkilotchilaridan biri, Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1947), biologiya fanlari d-ri (1948), prof. (1949). Urta Osiyo un-tini tugatgan (1931). Shu un-t rektori (1932, 1941, 1950-51). Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya in-ti direktori (1946-50), Oʻzbekiston FA prezidenti (1952 — 56). Asosiy ishlari umurtqali hayvonlarni oʻrganishga, zoologiya fanini targʻibot qilishga bagʻishlangan. Qizil-qum umurtqali hayvonlarining fau-nistik tarkibi va ekologiyasini oʻrgangan. «Zoologiya ensiklopediyasi» (1—4-jildlar, T., 1957—79) asari uchun Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor boʻlgan (1971).

As: Zoologiya ensiklopediyasi (Qushlar, T., 1957, Sut emizuvchilar, T., 1960; Amfi-biyalar va reptiliyalar, T., 1969; Baliklar va tuban xordalilar, T., 1979); Biotsenozы pustыni Kыzыlkum, T., 1971.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x