ZOHIDOV Hakim Zohidovich

ZOHIDOV Hakim Zohidovich (1912.18.9 — Toshkent — 1978.7.10) — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tibbiyot fanlari d-ri (1959), prof. (1961), SamTI ni tugatgan (1935). SamTI (1942—45), ToshTI (1945—47) rektori, Oʻzbekiston Sogʻ-liqni saqlash vaziri (1947—51). ToshTI anatomiya kafedrasi mudiri (1956 — 61), prof. 1972-y. dan Urta Osiyo Tibbiyot pediatriya intida normal anatomiya kafedrasi mudiri. Markaziy nerv sistemasining ayrim sohalari-ni, odamning yoshiga xos tuzilishini oʻrgangan. Lotincha-oʻzbekcha-ruscha normal anatomiya lugʻati (T., 1964; A. A. Asqarov bilan birgalikda); Ruscha-oʻzbekchalotincha normal anatomiya lugʻatini (T., 1971; A. A. Asqarov bilan birgalikda) tuzgan. Gaz. va jur. larda ocherk, hikoya, felyeton, sheʼrlari bilan qatnashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x