Yuz teri turini aniqlash yollari

Yuz terisini to’g’ri parvarish qilish, birinchi navbatda teri turi uchun kosmetik mahsulotlarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Yuz terisiga mos kelmagan mahsulotlarni ishlatish ko’p hollarda foyda bermaydi, ba’zan esa aks-ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli parvarish jarayonini boshlashdan oldin o’z yuz terimiz turini va undagi muammolar sababini aniqlab olishimiz lozim. Buning uchun ko’zguga boqib, yuz terisiga diqqat bilan e’tibor berish kerak bo’ladi.

Аgar sizda quyidagi alomatlar mavjud bo’lsa, demak siz muammoli yuz terisi egasisiz.
— yuzda mayda qizil toshmalar bor,
— yuzdagi teshikchalar kengaygan,
— yuzga va burun ustida qora nuqtalar (kamidon) bor,
— yuz yog’lanib tez kirlansa,
— yuzdagi qizil toshmalar uchi yiringli bo’lsa.

Bunday yuz terisi egalari asosan 20-25 yoshgacha bo’lgan yoshlarni tashkil etadi. Bu yoshda organizmda gormon o’zgarishi bo’lib, u o’tkinchidir. Lekin shu davrda gigiena va kosmetik mahsulotlardan to’g’ri foydalanilmasa, o’zidan chuqur va xunuk iz qoldiradi. Buning uchun birinchi galda gigienaga amal qiling. Tez-tez dush yoki vanna qabul qiling. Yuzingizni siqmang, qo’lingiz bilan qizil toshmalarga hadeb teginmang. Bu paytda infektsiya tushish ehtimoli yuqori. O’z vaqtida kosmetik mahsulotlardan to’g’ri foydalansangiz yuzingiz tiniq va yanada jozibali bo’ladi.

Parvarish tartibi:
1. Gel bilan har kuni 2 mahal: ertalab va kechqurun yuz yuviladi.
2. Tonikda artiladi
3. Ugrilar bo’lsa maxsus ugri uchun krem surtiladi.
4. 4-5 kunda bir marta niqob yoki skrab quyiladi. Lekin hozirda sotuvda har kuni ishlatsa bo’ladigan (3 v 1) gel +maska+skrab bor.

Quyidagi alomatlar sizning yuz teringiz quruq ekanini bildiradi:
— yuz ertalab yuvilganda tortishsa,
— yuzda sezilarli mayda ajinlar bo’lsa,
— yuzga umuman suv tekkizib bo’lmasa,
— yuz doim qurushqoq bo’lsa,
— yuzda dog’lar bo’lsa,

Bunday yuz terisini o’z vaqtida namlab, himoyalamasa yuzga tez ajin va dog’ tushadi.

Parvarish tartibi:
1. Molochkoda yuzni ikki mahal yuviladi.
2. Tonikda artiladi.
3. Himoya krem – quyoshdan himoyalovchi, oqartiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.
4. Maxsus quruq yuz terisi uchun niqob va skrab ishlatiladi.
5. Kechqurun, maxsus quruq yuz terisi uchun namlantiruvchi va oziqlantiruvchi krem surtiladi.

Keyingi alomatlar yog’li yuz teri egalarida bo’ladi:
— yuz doim yog’lanib tursa,
— yuzdagi teshiklar kengaygan bo’lsa,
— yuzda va burun ustida qora nuqtalar bor bo’lsa,
— barmoqlar peshona, yuz va iyak sohasida yurgizilganda yog’lansa.

Bunday teri egalarini dog’ va ajinlar xech qachon bezovta qilmaydi. Lekin bu yuzni o’z vaqtida oziqlantirib, namlantirish shart.

Parvarish tartibi:
1. Gelda yuzni ikki mahal yuviladi.
2. Tonikda artiladi
3. Maxsus yog’li yuz terisi uchun namlantiruvchi, yuz teri yog’ini ishlab chiqarishini tartibga keltiruvchi himoya kremi surtiladi.
4. Har 4-5 kunda maxsus yog’li yuz terisi uchun niqob va skrab qo’yiladi.
5. Kechqurun, maxsus yog’li yuz terisi uchun oziqlantiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.

Аralash yuz terisi egalaridagi alomatlar quyidagicha:
— peshona va burun usti terilari yog’li bo’lsa,
— yuz atroflarining ba’zi joylari quruq bo’lsa,
— yuz yuvilganda ba’zi joylari achishsa,
— yuz ba’zan yog’li va ba’zan quruq bo’lsa.

Bu yuz terisi ham ozuqa va himoyaga muxtoj bo’ladi. Quyoshda yuz terisiga dog’lar tushadi, ajinlar paydo bo’ladi.

Parvarish tartibi:
1. Gelda yuz ikki mahal yuviladi.
2. Tonikda artiladi.
3. Himoya – oqartiruvchi, himoyalovchi krem surtiladi.
4. Maxsus aralash yuz terisi uchun niqob va skrab qo’yiladi.
5. Kechqurun, maxsus aralash yuz terisi uchun oziqlantiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.

Ta’sirchan yuz terisi egalaridagi alomatlar quyidagicha:
— yuz terida mayda qizil tomirlar bor bo’lsa,
— yuz quyoshda achishib qizarsa,
— sovunlab yuvganda achishib qizarsa,
— sovuq kunlarda achishib qizarsa.

Bu yuz terisi ham namlikka, ozuqaga va himoyaga muhtoj bo’ladi. O’z vaqtida parvarish qilinmasa yuzga ajin va dog’lar tushadi.

Parvarish tartibi:
1. Molochkoda 2 mahal yuz yuviladi.
2. Tonikda artiladi.
3. Himoya – oqartiruvchi, ximoyalovchi krem surtiladi
4. Maxsus ta’sirchan yuz terisi uchun niqob va skrab qo’yiladi.
5. Kechqurun, maxsus ta’sirchan yuz terisi uchun oziqlantiruvchi, namlantiruvchi krem surtiladi.

Аgar siz yuz turingizni to’g’ri aniqlashga qiynalsangiz, maxsus ta’sirchan teri uchun to’plamdan foydalanashingiz mumkin. Bu to’plam barcha turdagi yuz terilariga mos keladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x