YUNNAN

YUNNAN — Xitoyning jan. gʻarbiy qismidagi provinsiya. Maid. 436,2 ming km2. Aholisi 41,4 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Kunmin shahri Provinsiya Yunnan togʻligining katta qismini egallaydi. Iqlimi subtropik mussonli, jan. da tropik iqlim. Yirik daryolari: Yanszi, Mekong, Saluin. Yu. mineral xom ashyo va gidroenergiya zaxiralariga boy. Xoʻjaligi agrarindustrial xarakterga ega. Ekin maydonining 80%ga sholi, makkajoʻxori, bugʻdoy, grechixa, kartoshka kabi oziqovqat ekinlari ekiladi. Yiliga 2-marta hosil yigʻib olinadi. Shuningdek, raps, yer yongʻoq, tamaki, choy, paxta, qand lavlagi va boshqalar tropik ekinlar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol va choʻchqa boqiladi. Ipakchilik rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Qalay, temir, mis va qoʻrgʻoshinrux rudalari, koʻmir qazib olinadi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, oʻrmon, kimyo, sement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Muhim sanoat markazi — Kunmin shahri.

Qad. da hozirgi Yunnan hududida tay, li, myao va boshqalar xalqlar yashagan. 3—6-asrlarda turli davlatlar tarkibida boʻlgan. 13-asrda moʻgʻullar bosib olgan va Yuan imperiyasi tarkibiga kirgan. 17-asrning 2-yarmidan Xitoy provinsiyasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x