YELGAVA

YELGAVA (1917-y. gacha rasmiy nomi Mitava) — Latviyadagi shahar (1573-y. dan), Liyelupe daryosidagi pristan. T. y. tuguni. Aholisi 73,9 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Mashinasozlik («RAF» mikroavtobuslari, q. x. mashinasozligi z-dlari), yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Latviya q. x. akademiyasi, tarix va badiiy muzeylar ishlab turibdi. Yelgava 1226-y. dan maʼlum. 1561-y. dan Kurlyandiya gersogligi poytaxti. Annas cherkovi (17—18-a. lar), Yelgava saroyi (18-a., meʼmori V. V. Rastrelli); Petrin Akademiyasi (18-a.), Medem Villasi (19-a.) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x