XUSHNAZAROV

XUSHNAZAROV Sapar (1906, hoz. Samarkand viloyati Kattaqoʻrgʻon sh., Ingichka shaharchasi — 1943.7.10, Chernigov viloyati, Semaki qishlogʻi) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942-y. dan armiyada. Markaziy frontning 61armiyasi, 81oʻqchi diviziyasi, 467oʻqchi polkining oddiy askari. 1943-y. 2 okt. da Gomel obl. ning Goyev rni, Glushes qishlogʻi yaqinida Dnepr daryosini kechib oʻtishda jasorat koʻrsatgan va 7 okt. da jarohatdan vafot etgan. 1944-y. 15 noyab. da Qaxramon unvoni berilgan. Semaki qishlogʻida dafn etilgan. Kattaqoʻrgʻon sh. va Ingichka shaharchasidagi koʻchalarga nomi berilgan. Oqtosh, Kattaqoʻrgʻon sh. larida byusti oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x