XUMBOSH BALIQLAR

XUMBOSH BALIQLAR (Hypophalmichthynae) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari kenja oilasi. Uz. 1 m gacha, vazni 20— 35 kg. Jabra pardalari baʼzan oʻzaro qoʻshilib oʻsib, toʻr hosil kiladi. Peshonasi nisbatan baland (nomi shundan). 2 turi maʼlum. Sharqiy va Jan. Sharkiy Osiyo daryolarida yashaydi. 5—7 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yozda suv toshganida 490—560 ming uvildiriq tashlaydi. Yosh baliqlar dastlab zooplankton, keyinroq fitoplankton bilan (oq Xumbosh baliqlar) yoki aralash oziqlanishga oʻtadi (chinor X. b.) X. b. koʻpchilik mamlakatlarda iqlimlashtirilgan. Amur, yaʼni oq Xumbosh baliqlar Oʻzbekiston suv havzalarida ham iqlimlashtirilgan. Xumbosh baliqlar ov obyekti, hovuzlarda ham boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x