XRIZOKOLLA

XRIZOKOLLA (yun. chrysos — oltin va kolla — yelim; qadimda oltin buyumlarni kavsharlashda ishlatilgan) — silikatlar guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Cug[Si4O10]2(OH)12nH2O. Romb singoniyada kristallanadi. Kriptokristall, kurtaksimon, uzum boshidek, tuproqsimon, poʻstloqsimon agregatlar hosil qiladi. Havo rang, havo rangyashil, koʻk, qoʻngʻir, qora xillari maʼlum. Qattiqligi 2—4, zichligi 2,2—2,3 g/ sm3. Yoriqlarni, shuningdek, kvars, piroksen donalari orasini yupqa parda kabi toʻddirib turadi. X. mis konlarining oksidlanish zonasida keng tarkdlgan mineral bulib, mis rudalarini qidirishda darakchi hisoblanadi. Quruq, issiq ikdimli joylarda keng tarqalgan. Uning malaxit, azurit, serussit, kalsit va b. minerallar oʻrnida paydo boʻlgan psevdomorfozalari bor. X. xorijda Chili, AQSH, RF (Ural, Baykal orti), Qrzogʻistondagi konlarda uchraydi. Oʻrta Osiyoda X. kdsimdan maʼlum. Oʻzbekistonda Qalmoqqir, Qoʻrgʻoshinkon, Qoʻytosh va Oltintopgan konlarida mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x