Xorazmiy Qosiy

Tarjimai hol

Manbalarda keltirilishicha, bizga uning al-kimyo bo‘yicha «Ayn as-san’a va aun as-sana’a» («San’atning mazmun-mohiyati va o‘quvchilarga yordam») qo‘llanmasi yetib kelgan.

«Ayn as-san’a» asari yetti bobdan iborat, lekin u strukturasi bo‘yicha X asrlarda yozilgan boshqa al-kimyo ilmiy ishlariga o‘xshab ketadi. Birinchi va oltinchi boblarda kimyoda qo‘llanadigan priborlar haqida, keyingi boblarda oltin va kumush moddalarini reaksiyaga kirishgach “qizil” va “oq” rangga kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan.

Yettinchi bobda o‘sha zamonda asosiy kimyo reaksiyalarining uslublari soddalashtirilgan ko‘rinishida namoyon bo‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Oddiy metalldan sun’iy oltin va kumush metallar olinishiga qaratilgan. Reaksiyaga kirishish ikki asosiy qismga: birinchisi mis, qalay va temirni “kumush”ga aylanish uslublari, ikkinchisi esa oltingugurt, simob va aurpigment (sulfidli mishyak)dan sun’iy “oltin” olishdir.

«Ayn as-san’a» kitobi asosan kimyo nazariyasini yaxshi bilgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan edi.

Abu-l-Hakim al-Xorazmiy al-Qosiy kimyoni faqatgina kitob yordamida emas, balki uzining bilim tajribasidan kelib chiqqan holda qancha miqdorda moddalarning ta’sirchanligini amaliyotda ham o‘rgangan.

O‘rta asrlarda yashab ijod etgan alkimyogarning “sirli” fani to‘g‘risida juda kam bo‘lgan olimlar doirasi voqif bo‘lgan. Keyinchalik Al-Qosiyning ilmiy ishi fors tiliga tarjima qilingan va 1929 yili ingliz tiliga tarjima qilinib, Hindistonda nashr etilgan. 

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x