XORAZM VOHASI

XORAZM VOHASI — Amudaryoning quyi qismidagi qad. voha. X. v. da Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Qoraqalpogʻistonning jan. gʻarbiy qismi hamda Turkmaniston Toshhovuz viloyatining shim. sharqiy qismi joylashgan. Shim. dan (shartli ravishda) Qoʻngʻirot kengligi, gʻarb va jan. da Ustyurt platosi va Qoraqum choʻllari, sharkda Qizilqum choʻli bilan chegaradosh.

Xorazm vohasi hududi yuzasining shakllanishi Amudaryo akkumulyativ faoliyati bilan bogʻliq. Daryoning choʻkindi va gil yotqiziqlari ming yillar davomida shu hududda toʻplanib deltalarni hosil qilgan (q. Amudaryo deltasi). X. v. jan. da Tuyamoʻyin tangligiga qadar davom etgan. Voha shim. va shim. gʻarb tomon 300 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Eni chekka jan. qismida (Tuyamoʻyin tangligida) 10—12 km, shim. qismida 120—130 km, Sulton Uvays tizmasining gʻarbiy qismida (Taxtatosh tangligida) 70—80 km. Tuyamoʻyin tangligidan shim. da XorazmToshhovuz tekisligi joylashgan. Xorazm vohasining yer yuzasi toʻrtlamchi davrda allyuvialdelta yotqiziqlarining astasekin toʻplanishi va deltaning Orol dengizi va Sariqamish botigʻi tomon oʻsishi natijasida shakllangan. Ular yoshi va litologik tarkibi jihatidan bir xilda emas. Ayrim kichik botiqparda koʻl yotqiziqlari ham uchraydi. Qadimdan dehqonchilik qilinadigan yerlarda (qalinligi 2 — 3 m li) agroirrigatsion qatlamlar toʻplangan.

Xorazm vohasi yer yuzasi tuzilishi jihatidan, asosan, yassi tekislik, shim. va shim. gʻarb tomon bir oz nishab. Nishablik juda kam boʻlganidan Amudaryo (ayniqsa, vohaning shim. qismida) tarmoqlanib sekin oqadi. Shu bois, bir nechta qad. oʻzanlar (Koʻhnadaryo, Daryolik, Davdon, Shoʻrtonboy, KreytOʻzak, Itkraoʻzak, Qoraoʻzak va b.) vujudga kelgan. Ular orasida turli balandlikdagi bir qancha tepalik va marzalar joylashgan.

Xorazm vohasi yer yuzasi inson faoliyati taʼsirida ham oʻzgargan (kanal, ariq, zovurlar qazilgan). Xorazm vohasi shim. kenglikda joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha trasi —4,5°, —7,6°. Eng past tra —32°, baʼzi yillarda —4 G, —43°. Iyulning oʻrtacha trasi 25,3°—28,4°. Eng yuqori tra 41°—44°. Hoz. kunda, Orol dengizi sathining pasayishi oqibatida yozgi tra ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Xorazm vohasi eng qurgʻoqchil vohalardan hisoblanadi (yiliga 80—120 mm yogʻin tushadi). Yogʻin miqdori jan. dan shim. ga ortib boradi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida tushadi.

Amudaryo tarmoqlarining koʻpchilik qismi quruq oʻzanlarga aylangan. Xorazm vohasida 100 dan ortiq koʻl (Toʻngʻizkoʻl, Shoʻrkoʻl, Ulugʻshoʻrkoʻl, Kernay, Qorateran, Boʻtakoʻl, Oqchakoʻl, Oltinkoʻl, Zeykoʻl, Oqkoʻl va b.) mavjud. Xorazm vohasida turli tuproq tiplari tarqalgan. Katta qismida oʻtloqqayir allyuvial, sugʻoriladigan oʻtloq (oʻtloqvoha) tuproklar hosil boʻlgan. Ulardagi chirindi moddalar miqsori 2—3%. Bu tuproqlar pastqam, grunt suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda shoʻrlangan. Botqoqshoʻrxok tuproqlar ham uchraydi. Tuproqlar insoniyatning bir necha ming yillardan beri davom etib kelayotgan xoʻjalik faoliyati taʼsirida oʻzgarib, madaniy voha tuprogʻiga aylangan. Vohada yovvoyi oʻsimliklardan qamish, turangʻil, yovvoyi jiyda, tol, yulgʻun, yantoq, ajriq, bugʻdoyiq, sarsazan, qorabaroq, tamarisk, shoʻra va b. oʻsadi. Choʻllarga yondosh qismida selin, juzgʻun, oq saksovul, quyonsuyak, qizilcha va b. tarqalgan. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, toʻqay mushugi, boʻrsiq, koʻrsichqrn, kalamush, tipratikan, ondatra; qushlardan chumchuq, mayna, zargʻaldoq, bedana; daryo qayirlari va koʻllarda qirgʻovul, gʻoz, oʻrdak va b. uchraydi. Daryo va koʻllarda balikdarning bir qancha turi bor. X. v. yer, oʻsimlik va iqlim resurslariga boy. Voha hududidagi oʻsimlik va hayvon turlarini oʻrganish va muhofaza qilish maqsadida Badaytoʻqay davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Murod Mamatqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x