XOʻJAYLI

XOʻJAYLI (Xoʻjaeli) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumakmdagi shahar. Tuman markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida, Nukusdan 24 km; t. y. stansiyasi, daryo pristani. Shahar oʻrtasidan Toshliyop kanali oʻtadi. Aholisi 75,4 ming kishi (Vodnik shaharchasi bilan birga, 2003). «X.» atamasi 17-a. oxiri —18-a. boshlarida paydo boʻlgan. Rus tadqiqotchisi A. L. Kunning X. haqida 1874-y. eshitgan rivoyatlardan birida X. qalʼasini Turkistondan koʻchib kelgan eshon Alamin Xoʻja qurgan. Shuningdek, mahalliy aholi orasida shaharga sufiylarning yassaviylik oqimiga mansub xoʻjalar tomonidan asos solingan degan rivoyatlar bor. Shahar atrofida mil. av. 4—3 a. larda aholi yashaganligini arxeologik qazilmalar tasdiklaydi. X. yonidagi Mizdaxqon sh. xarobasi buning dalilidir. Xoʻjaylining tabiati, bozorlari, madrasalari, sugʻorish kanallari, aholisi toʻgʻrisida A. L. Kun, V. V. Bartold va b. tomonidan yozib qoldirilgan manbalardan maʼlum. Yangi Xoʻjayli (t. y. stansiyasi) 1952—53 y. larda t. y. oʻtkazilishi munosabati bilan qurilgan.

Xoʻjaylida paxta tozalash, gʻisht, yogʻmoy, sut zavodlari, tikuvchilik fkasi, non, goʻsht ktlari, gaz kompressor styasi, 4 avtokorxona mavjud, mehribonlik uyi, 20 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kasbhunar kollejlari, 2 musiqa, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, xalq teatri, 4 madaniyat uyi, 14 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi va Xotira xiyoboni bor. Markaziy kasalxona va uning tarmoklari, poliklinika, 2 tibbiy dispanser, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x