XOʻJA ZAYNUDDIN MAJMUASI

XOʻJA ZAYNUDDIN MAJMUASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-a. 1-yarmi); ikki koʻcha kesishgan yerda bunyod etilgan xonaqohmasjid. 1465—80 y. larda Buxoro qozikaloni lavozimida boʻlgan Xoʻja Zaynuddin tashabbusi bilan Imom alBuxoriy sharafiga usta Mir Doʻstumbiy tomonidan qurilgan. Bino masjidga moʻljallab qurilgan, hujralari ham bor. Xonaqoh peshtoqgumbazli katta xona va 5 kichik hujralar hamda unga ikki tomondan tutash ayvondan iborat, hovuz hovlining katta qismini egallagan; xonaqohning jan. tomonidagi ravoqlardan biriga Xoʻja Zaynuddin qabri joylashtirilgan. Xonaqohning bosh tarzi peshtogʻida naqsh qoldikdari saqlangan. Katta xonadan 3 tomon (chuqur ravoq orqali koʻchaga va 2 tomonidan ayvon)ga chiqiladi. Xona gumbazi murakkab qalqonsimon bagʻallar yordamida asosiga tayangan, gumbaz ichi 32 ga boʻlinib, ular hallangan mayda gullar bilan bezatilgan, gumbazning quyi qismi muqarnaslar qatori bilan hoshiyalangan. Xona devorlaridagi taxmonlar hamda mehrobga yarim gumbaz shaklida muqarnaslar ishlangan. Devor izoralari sirkori parchinlardan murakkab handasiy shakllar, oʻsimliksimon nakshlar bilan bezatilgan; gumbaz, taxmonlar, mehrob va gʻarbiy devordagi yozuvlar qatori kundal usulida bajarilgan. Devorning yuqori — asosiy qismi islimiy naqshlar (oq, qora, koʻk rang) bilan qoplangan. Katta xonaning ayvonga tutash devorlari ravoqli namoyonlarga boʻlingan. Shim. sharqidagi bal. 7 m boʻlgan 8 ustunli ayvon atrofi toshlar bilan qoplangan hovuzli hovliga qaragan (hovuzga oʻymakori ajdar shaklidagi marmar novdan suv keltirilgan). Ayvon shifti toqili, yulduzsimon 7 hovuzaklarga boʻlinib, handasiy naqshlar bilan jozibador bezatilgan. X. 3. m. jamoat va diniy binolar meʼmorligini oʻziga xos mujassamlashtirgan inshoot sifatida qimmatlidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x