XLOROPREN KAUCHUKLAR

XLOROPREN KAUCHUKLAR, nairit, neopren, [ — SN2S(S1) = = SNSN2] pMol. m. 100200 ming. Shishalanish trasi —40°dan —50° gacha, kristallanish trasi —10°, zichligi 1200—1240 kg/m3. Yuqori yopishqoklikka ega. Aromatik va xlorlangan uglevodorodlarda eriydi. Xloroprenni emulsion polimerlash yoʻli bilan olinadi. Rux, magniy va b. metallarning oksidlari taʼsirida vulkanizatsiyalanadi.

Rezinalar moy, benzin, ozonga, issiqqa, ishqorlar, suyultirilgan kislotalar taʼsiriga chidamli, yonmaydi, yedirilishga bardoshli, elastik. Rezina texnik mahsulotlar, yelimlar i. ch. da, simlar, kimyoviy jihozlar va vallar uchun krplamalar tayyorlashda, shuningdek, lateks sifatida qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x