XIRBAT al-MAFJAR

XIRBAT al-MAFJARIordaniya dagi meʼmoriy yodgorlik (8-a.); umaviylar saroyi. Iordan daryosining gʻarbida, qad. Ierixonnint shim. da joylashgan. Saroy (atrofi burjli mustahkam devor bilan oʻralgan), devordan tashqaridagi masjid, hammom, ichki va tashki hovlilar bilan yagona majmua hosil qilgan. X. alM. binolari toshohaktoshlardan bunyod etilgan, gumbazlar bilan yopilgan, hovlilar yuzasiga tosh plitalar yotqizilgan. Saroy umaviylar saroyiga xos anʼanaviy mujassamotga ega: murabba tarxli hovli galereya va sharqiy hamda gʻarbiy tomoni boʻylab gʻisht gumbazli 2 qavatli binolar bilan oʻralgan. Saroy binosi toʻrtburchak tarhli (67×63 m), tarzlari ravoqlar qatori bilan quyoshdan toʻsilgan. Saroy miyonsaroyi minora koʻrinishida, tarzlari oʻyma turunjlar bilan bezatilgan va yuqorisi davdanalar bilan yakunlangan; miyonsaroy 2 (tashqi murabba va ichki toʻrtburchak tarhli) xonadan iborat boʻlib, xonalar oʻzaro keng eshik bilan bogʻlangan, tashqi xona devorlariga burchak ustunlariga oʻrnatilgan ravoqlar ishlangan, ichki xona gumbazli; miyonsaroy devori boʻylab oʻrnatilgan oʻrindiqlar qabulxona vazifasini oʻtaganidan darak beradi. Tarzlari piltavor boʻrtiqlar shaklidagi hammom binosi murabba tarhli katta xona (30×30 m) hamda uning shim. gʻarbidagi kichik xona (4,5×4,5 m) dan iborat (kichik xona saroy egasining xos xonasi boʻlgan deb taxmin qilinadi). Masjid toʻrtburchak tarhli (23,6×17,1 m), 2 qator marmar ustunli, yonida poydevorga oʻrnatilgan minora joylashgan. Tashqi katta hovli oʻrtasida hovuz boʻlib, ustiga 4 ustunga oʻrnatilgan gumbaz tomli koʻshk ishlangan. X. al. M. binolari tosh va ganch oʻymakorligida handasiy, islimiy naqshlar bilan serhasham bezatilgan, naqshin bezaklar orasida boʻrtma tasvirlar, haykaltaroshlik (ayollar boshlari, atlant va b.) bezaklari ham uchraydi. Miyonsaroy, hammom va b. xonalarning pollari ajoyib (handasiy, toʻgʻri va egri chiziqlar, aylana, toʻrtburchaklar uygʻunligidagi) mozaika bilan qoplangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x