XARIUSLAR

XARIUSLAR (Thymallidae) losossimon baliqlar turkumining oilasi. Uz. 25—30 sm, vazni 500 g, baʼzan undan ortiqroq. Tanasi qalin tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgichi uzun, koʻpincha chiroyli rangli. Yon chiziqlari, jagʻlari rivojlangan. Yevropa, Shim. Osiyo va Shim. Amerika daryolarida yashaydi. 1 urugʻi 6 turi maʼlum. Oʻrta Osiyo daryolarida uchramaydi. Odatda, tubi shagal toshli daryolarda tarqalgan. Hasharotlar va ular lichinkasi, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, mayda balikdar bilan oziklanadi. 3 — 4 y. da voyaga yetadi. May — iyunda shagʻal toshli suv tubiga 3—36 ming uvildiriq tashlaydi. X. mahalliy aholi tomonidan va sport maqsadida ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x