VRUBEL Mixail Aleksandrovich

VRUBEL Mixail Aleksandrovich [1856.5(17).3, Omsk – 1910.1(14).4, Peterburg] — rus rassomi. Peterburg BA akad. (1905). Vrubel oʻrta asrlar va Uygʻonish davri sanʼati, antik dunyo mifologiyasi va rus ertaklaridan ilhomlangan; yuksak mahobatli uslub va milliy shakllar izlash, bezakka eʼtibor uning asarlariga «modern» uslubiga xos xususiyatlar baxsh etgan. «Eron gilami fonidagi qiz» (1886), «Nastarin gul» (1900), «Hamlet va Ofeliya» kabi asarlari rassomga shuhrat keltirdi. «Demon» (1890) asarida «mangu mavzu» yaxshilik va yomonlik masalasini ramziy maʼnoda yosh, goʻzal, pahpavon isyonkor Demon qiyofasida ifoda etdi. Shuningdek, «Venetsiya» (1894), «Folbin» (1895), «Oqqush-malika» (1900) kabi asarlari ham mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x