VISBADEN

VISBADEN — Germaniyadagi shahar. Gessen yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 264 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Reyn daryosi boʻyidagi port. V. va shahar atrofida mashinasozlik (shu jumladan ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika jihozlari, aniq mexanika va optika buyumlari), kimyo-farmatsevtika, sement, oziq-ovqat sanoati, jumladan shampan vinolari i. ch. korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Taunus togʻi etagida 117 m balandlikda mashhur balneologik kurort joylashgan. Iklimi yumshoq. Bemorlar issiq mineral buloqlar suvi va balchiq bilan davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x