VINILPIRIDIN KAUCHUKLAR

VINILPIRIDIN KAUCHUKLAR — sintetik kauchuklar; diyen uglevodorodlarning vinilpiridinlar yoki ularning hosilalari bilan sopolimerlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar. Vinilpiridin kauchuklarda vinilpiridin zanjirining miqdori odatda 30% dan oshmaydi. Vinilpiridin zanjiridan tashqari, stirol, akrilonitril, metakril kislota zanjirlariga ega boʻlgan uchlamchi sopolimerlar ham maʼlum. Vinilpiridin kauchuklar suvli emulsiyada monomerlarni sopolimerlab olinadi. Benzol, toluol, benzinda eriydi, 15% dan ortiq vinilpiridini boʻlgan kauchuklar keton va murakkab efirlarda eriydi. Piridin guruhlari borligi sababli Vinilpiridin kauchuklar ionlashtiruvchi nurlar taʼsiriga chidamli boʻladi. Xloranil ishtirokida Vinilpiridin kauchuklardan olingan rezina 200° gacha t-rada moylar, eritmalar, sintetik surkov moylari taʼsiriga chidaydi. Vinilpiridin kauchuklardan tayyorlangan rezina sovuqqa oʻta chidamliligi bilan butadiyennitril kauchuklardan tayyorlangan rezinadan farq qiladi.

Vinilpiridin kauchuklar —50 dan 180° gacha haroratda ishlatiladigan zichlovchi rezina shlanglar tayyorlashda, shuningdek avtomobil shinalari, yelim, moyga va gidravlik suyuqliklarga chidamli rezina mahsulotlar i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x