VERTIKAL DOIRA ASBOBI

VERTIKAL DOIRA ASBOBIosmon yoritqichlarining ufqdan balandligini, shuningdek kuzatuv joylarining geografik koordinatalarini oʻlchash uchun ishlatiladigan astronomiya asbobi. Tuzilishi va ishlash usuliga koʻra universal asbobga oʻxshaydi. Vertikal doira asbobi gorizontal oʻqqa oʻrnatilgan optik truba va darajalarga boʻlingan doiradan iborat. Uni ikkinchi (vertikal) oʻq atrofida istalgan vaziyatga burish mumkin. Bu asbobdan asosan yulduzlarning mutlaq kataloglari (jadvallari) ni tuzishda foydalaniladi. Vertikal doira asbobini yasash gʻoyasini 19-a. da Vertikal Doira Asbobi Struve oʻrtaga tashlagan. 1962-y. da Leningraddagi Pulkovo rasadxonasida fotografik Vertikal doira asbobi yaratilgan, unda yoritqichlarni kuzatish jarayonlari deyarli avtomatlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x