VAHIY

VAHIYislom aqidasiga koʻra, paygʻambarlarga farishtalar orqali Alloh tarafidan yuborilgan buyruq yoki koʻrsatmalar. Vahiy aniq va ravshan qilib aytilgan. Lekin baʼzi Vahiylar tushda koʻrilgan ishorat shaklida ham boʻlgan. Mac, hazrat Ibrohim (as)ning tushida «oʻgʻling Ismoil (as) ni qurbonlik qil» deb buyurilgani ham Vahiy deb hisoblanadi. Vahiy Muhammad (sav)ga farishta hazrat Jabroil orqali nozil boʻlganligi Qurʼoni karimda keltirilgan. «Unga (bu vahiyni) bir kuchga toʻlgan, sohibi qudrat (yaʼni Jabroil alayhissalom) taʼlim bermishdir. Bas, u (avval) yuksak ufqda (koʻrinib), tik turdi. Soʻngra yaqinlashib, pastladi. Bas, (Muhammad alayhissalomga) ikki kamon oraligʻida yo (undanda) yaqinroq boʻlib. (Alloh) oʻz bandasi (Muhammad alayhissalom)ga tushirgan vahiyni keltiradi» (53:5—10).

Pravoslaviye va katolitsizmda ham muqaddas kitoblar, muqaddas rivoyatlar xudo tomonidan Vahiy qilingan deb talqin etiladi.

Vahiyni Alloh ilhom shaklida ham nozil qilgan. Buni ayrim avliyolarning hayotida uchratish mumkin. Biroq avliyolar ilhomni oʻzlariga shaxsiy koʻrsatma deb, Vahiyni esa paygʻambarlar xalqqa yetkazishi lozim boʻlgan koʻrsatma deb qabul qilganlar. Johiliyat davrida (islomdan avval) butparast arablar Kaʼba ichiga Hubal nomli butni oʻrnatib, undan Vahiy (koʻrsatma) olganliklarini daʼvo qilib kelganlar va shu tariqa goʻyo oʻzlarining kundalik muammolarini hal qilganlar. Islom davrida Hubal sindirib tashlandi. Vahiyning faqat paygʻambarlarga nozil boʻlishi musulmonlik eʼtiqodini mustahkamladi. Bu borada har xil bidʼat va xurofotlarni keltirib chiqarish va dinga zararli boʻlgan turli qoʻshimchalarni kiritish man qilindi. Diniy tushuncha boʻyicha Vahiy ilohiy bir kuch sifatida insonlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatish manbai boʻlib xizmat qiladi.

Abdulgʻani A6dullo

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x