ULUS

ULUS (moʻgʻulcha — davlat, xalq, odamlar) — 1) Moʻgʻullar davlati shakllanish davri (13a. boshi)da muayyan bir noʻyota tobe boʻlib, unga qarashli yerlarda koʻchmanchilik bilan hayot kechiruvchi kattakichik oilalar guruhi;

2) Chingizxon tuzgan ilk moʻgʻul davlati;

3) moʻgʻullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon farzandlariga boʻlib berilgan mulk (udel) lar (mas, Joʻji ulusi, Chigʻatoy ulusi va b.). 13a. ning 2yarmida bu Uluslar mustaqil davlatlarga aylanib, nomigagina saltanat xukmdori — ulugʻ qoonga boʻysunganlar. 15 — 17-a. oxirlarida Ulus — Moʻgʻulistondagi yirik yer mulki va musulmon adabiyotida Chingiziylar davlatlarining atalishi. Moʻgʻuliston manjurlar tomonidan bosib olingach, mamlakat aymoklar va xoshunlarga ajratilgan. «Ulus» atamasi mulk maʼnosida qoʻllanilmaydigan boʻlgan va astasekin «xalq» maʼnosini anglata boshlagan. Hoz. vaqtda «Ulus» atamasi «davlat» atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi; 4) buryatlar va kalmiklar Rossiya tarkibiga kiritilgandan soʻng «Ulus» atamasi Okt. toʻntarishigacha feodal mulk, soʻngra maʼmuriy birlik maʼnosini saqlab qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x