TUYAQORIN

TUYAQORIN (Heliotrapium lasiocarpum L. et. M.) — kampirchopondoshlarga mansub bir yillik zaharli oʻt; boʻyi 30—60 sm, sershox. Ildizi oʻq ildiz; suyet shoxlanadi. Barglari navbatmanavbat joylashgan, ikkala tomoni dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari mayda, oq, toʻpgul oʻqiga bir tomonlama oʻrnashgan. Urugʻi oq tuklar bilan qoplangan, har mevada 4 tadan yetishadi. Apr. da unadi, may oyida gullaydi: urugʻi iyulning 2yarmida pishadi. Urugʻidan koʻpayadi. Nihollari apr. da koʻkarib chiqadi. Sent. oxirida quriydi. Tuyaqorin yoʻl yoqalarida, uvat va marzalarda, ayniqsa, bahorikor ekinlar orasida koʻp oʻsadi. Poya va barglarida 0,4%, urugʻida esa 1 % ga yaqin zaharli alkaloidlar (geliotrin va laziokarpin) bor. Yetilgan urugʻlari asta toʻkilib tuproqni, ayn iksa, hosili kech yigʻishtirilgan donni ifloslaydi. Tuyaqorin urugʻi aralashgan bugʻdoy, arpa, tariq va b. donlarni isteʼmol qilish natijasida odam va hayvonlar zaharlanishi mumkin. Oʻrta Osiyoda Tapkalgan. Tashlandiq yerlar, oʻtzor, bogʻ va uzumzorlarda oʻsadi.

Kurash choralari: urugʻlik material tozalanadi; ekinlar oʻtoq qilinadi; gʻalla ekinlariga 2,4—D tipidagi gerbitsidlar purkalanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x