Turg‘un Po‘lat

Tarjimai hol

Yozuvchi Turg‘un Po‘lat asosan 1951 yildan ocherk, hikoya, felyetonlar bilan gazeta va jurnallar sahifasida qatnashib kelgan. Ba’zi-ba’zida tarjimonlik ham qilib turgan. «Ichkuyov» 70-yillar o‘zbek nasrida yangi fikr, yangi qarash, hayot haqiqatini ro‘y-rost ko‘rsatish nuqtai nazaridan muhim edi. Shu tufayli ham u tez orada ko‘p qismli telefilm lentasiga ko‘chdi. 1979 yilda ana shu film ijodkorlari qatorida adibga ham Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.

Turg‘un Po‘lat O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi (1958) hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1971) a’zosi bo‘lgan.

Iste’dodli adiblar yozgan asarlari yoki nashr bo‘lgan kitoblari soniga qarab emas, ba’zan birgina ijod namunasi bilan ham ma’lum va mashhur bo‘ladilar. Yozuvchi Turg‘un Po‘lat ham birgina «Ichkuyov» qissasi bilan kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini qozondi.

Turg‘un Po‘lat 1928 yilning 20 noyabr kuni Namangan viloyati Uychi tumani Mashad qishlog‘ida xizmatchi oilasida tavallud topdi. Biroq bolaligi urush davriga tutash bo‘lganligidan bor-yo‘g‘i 9-sinfgacha o‘qiy oldi. Hayotning o‘zi ham muallim, ham dorilfunun vazifasini bajardi. Otasi kabi u ham ona qishlog‘i Mashadda hisobchilikdan mehnat faoliyatini boshladi.

Keyinchalik viloyat qishloq xo‘jaligi bankida ishni davom ettirdi. Ayni chog‘da «Namangan haqiqati» viloyat gazetasi bilan hamkorlik qilib, ilk she’rlari, publitsistik maqola va felyetonlarini chop ettirdi. Pirovardida hisobchi, bank xodimidan mohir jurnalist va adib sifatida elga tanila bordi. Ayniqsa, 50-yillarning o‘rtalarida Toshkentga ko‘chib kelishi uning orzu va istaklari ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutdi.

«Adabiyotga bolalikdan havasim zo‘r edi, — deb yozadi u o‘z tarjimai holida, — mana shu intilish meni jurnalistika dargohiga olib keldi. Avval Namangan viloyat gazetalarida, so‘ngra Respublika «Qizil O‘zbekiston» (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») gazetasida, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, O‘zbekiston telegraf agentligida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, muharrir, tarjimon lavozimlarida qalam tebratdim. «Sharq yulduzi» jurnalida bo‘lim mudiri vazifasini o‘tadim.

Turg‘un Po‘lat avji ijodi ravnaq topayotgan bir davrda, aniqrog‘i, 1974 yilning 27 aprelida to‘satdan vafot etgan.

Turg‘un Po‘latning besh o‘g‘il, to‘rt qiz, o‘n to‘qqiz nevara va besh evarasi adib umriga umr qo‘shmoqdalar.

Adibning suzlaridan biri: «Asosan 1951 yildan beri ocherk, hikoya, fel’yetonlarim bilan gazeta va jurnallar sahifasida qatnashib kelaman. Ba’zi-ba’zida tarjimonlik ham qilib turaman»…

V.Ovechkinning «Rayonning ish kunlari» ocherkini, P.Brovkaning «Daryolar tutashganda» romanini, A.P.Pokrishkinning «Urush osmoni», partizanlar komandiri A.P.Saburovning «Zafarli bahor» esdaliklarini o‘zbekchaga ag‘darganman. 1971 yilda o‘zimning «Vodiylarni kezganda» ocherklar kitobim bosilib chiqdi».

Garchi Turg‘un Po‘lat adabiyotning qutlug‘ dargohiga she’riyat bilan kirib kelgan bo‘lsa-da, asosan, nasr borasida jiddiy mashg‘ul bo‘lib, «Ayollar isyoni» (1967), «Jig‘ildon qori» (1970), «To‘raxo‘ja» (1970) kabi hajviy hikoyalarini yaratdi. Adib «Hoji hisobchining hikoyalari» turkumi va shu zaminda tug‘ilgan «Mirrixdan kelgan mehmon» (1973) kitobi bilan adabiy-ilmiy jamoatchilikning e’tiborini qozondi.

Shuningdek, u «Tabarruk zaminda» (1970), «Xotinboz» (1972) hamda vafotidan keyin nashr etilgan «Yalovbardor» (1986) kabi kitoblari bilan ham adabiy jarayonga o‘z ulushini qo‘shdi. Biroq u qancha she’r yozmasin, fel’yeton yoki hikoya yaratmasin, hatto tarjimonlik bilan mashg‘ul bo‘lmasin, u o‘sha «Ichkuyov» (1975) qissasi bilan 70-yillar o‘zbek nasri tarixida qoladi.

Zero, «Ichkuyov» 70-yillar o‘zbek nasrida yangi fikr, yangi qarash, hayot haqiqatini ro‘y-rost ko‘rsatish nuqtai nazaridan muhim edi. Shu tufayli ham u tez orada ko‘p qismli telefilm lentasiga ko‘chdi.

1979 yilda ana shu film ijodkorlari qatorida adibga ham Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. So‘nggi yillarda uning «Ichkuyov» nomli saylanmasi (2000) yangidan nashr bo‘lib, unga adibning tugallanmay qolgan «Odamiy ersang…» nomli romani ham kiritildi. U O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi (1958) hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1971) a’zosi bo‘lgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x