TROLLEYVOZ

TROLLEYVOZ (ing. trolley — kontakt simi va ruscha vozit — tashimoq) — maxsus qurilma (trolley qurilmasi) orqali kontakt tarmoq (koʻchalarga tortilgan sim) dan tok bilan taʼminlanadigan transport vositasi. Trolleybus qatnashi uchun kontakt tarmogʻi yaxshi rivojlangan shaharlarda qoʻllanadi. Trolleyvozdan muayyan marshrut boʻyicha yuk tashish uchun asosan kechasi (trolleybus yurmaydigan paytlarda) foydalaniladi. Mustaqil ishlashi (simsiz yurishi) uchun baʼzan ichki yoʻnuv dvigateli bilan taʼminlanadi. Elektrkuch tizimining tuzilishi boʻyicha trolleybusga, yurish qismi, rul boshqarmasi va tormoz tizimi avtomobilnikiga oʻxshaydi. Trolleyvozning tezligi 60 km/soat gacha, yuk koʻtaruvchanligi — 5—8 t. Dizel Trolleyvozlar xam bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x