TRAVMA

TRAVMA (yun. trauma — shikayet) — tashqi muhit taʼsirida organizm toʻqimalari va organlar faoliyatining buzilishi. Shikastlovchi omillarga koʻra mexanik, kimyoviy, elektrik, termik, shuningdek, psixik Travma boʻladi. Shikastlovchi omilning taʼsir etish vaqtiga koʻra, oʻtkir va surunkali Travma ; T. ga sabab boʻlgan hodisa va shartsharoitga asosan, ishlab chiqarish., sport, turmush, koʻcha, transport va b. travmalariga ajratiladi.

Oʻtkir Travmada organizmdagi biror organ yoki toʻqima (turli darajada) shikastlanadi; ogʻirroq hollarda travmatik shok, hatto oʻlim roʻy beradi. Surunkali Travma organizmga tashqi muhitning astasekin uzoq vaqt zararli (mas., vibratsiya, ishqalanish, bosim va b.) taʼsir etishidan kelib chiqadi. Mexanik Travmada ochiq va yopiq suyak sinishi, miya silkinishi, suyak chikishi, ichki aʼzolarning yorilishi, miya, yurak, oʻpka, qorin boʻshligʻi aʼzolari shikastlanishi, ezilishi,uzilishi mumkin. Bunda qon ketishi, shish, yalligʻlanish, nekroz — toʻqimaning oʻlishi kabilar yuz berishi mumkin. Termik Travmada organizm toʻqimasi yuqori tra (kuyish) va past tra (sovuq olishi) taʼsirida zararlanadi. Kimyoviy Travma toʻqimaning turli kimyoviy moddalar (kislota, ishqor va b.) taʼsirida kuyishidan paydo boʻladi. Psixik Travma koʻpincha toʻsatdan roʻy beradigan ogʻir ruhiy taʼsirotlar, kuchli hayajon, baxtsiz hodisalardan gʻam chekish (qattiq qoʻrqish, vaqima, asab buzilishi) oqibatida kelib chikali; bunda hushdan ketish, uzoq vaqt asabning buzilishi — nevrozlar, depressiya ham vujudga kelishi mumkin.

Bemorga oʻz vaqtida birinchi tibbiy yordam berish bilan Travma asoratlarining oldini olish mumkin (yana q. Travmatizm).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x