TOSHLOQ TUMANI

TOSHLOQ TUMANIFargʻona viloyatidatn tuman. 1935-y. da tashkil etilgan. 1959-y. da Oxunboboyev tumaniga birlashtirilgan. 1973-y. 12 apr. da qayta tiklangan. Gʻarbdan Margʻilon sh., shim. gʻarbdan Oxunboboyev, Yozyovon, sharqsan Quva tumanlari, jan. sharqdan Quvasoy sh. va shim. sharqdan Andijon viloyati Boʻz tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,24 ming km2. Aholisi 134,9 ming kishi (2000). Tumanda 1 shaxarcha (Toshloq), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Arabmozor, Axshak, Birlik, Varzak, Qirov, Nayman, Naymanboʻston, Sadda, Toʻxtaboyev, Qumarik, Qoʻrgʻoncha bor. Tuman markazi — Toshloq shaharchasi.

Tabiati. Tuman hududining yer yuzasi, asosan, tekislikdan iborat boʻlib, jan. dan shimolga tomon pasayib boradi va shim. da Fargʻona choʻllariga tutashib ketadi. Gʻarbiy qismida kumliklar bor. Iqlimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi 0°—2°, eng past trasi —27°, iyul oyining oʻrtacha trasi 28°, eng yuqori tra 44°. Vegetatsiya davri 210—215 kun.

Yillik yogʻin 200 mm. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahorda yogʻadi. Koʻpincha, gʻarbiy shamollar («Bekobod shamoli») esib turadi. Baʼzan, togʻlardan sharqiy va jan. sharqiy yoʻnalishda quruq va iliq shamol esadi. Asosiy daryosi — Isfayram. Jan. dan shim. ga oqib oʻtadigan Yozyovonsoy ham sugʻorishda muhim ahamiyatga ega. Tuman hududining shim. qismidan sharqsan gʻarbga tomon Kamma Fargʻona kapali oqib oʻtadi.

Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. Shimolrokda allyuvial oʻtloq va shoʻr tuproqlar ham bor. Yovvoyi oʻsimliklardan; ajriq, ituzum, shoʻra, qoʻytikanak, bangidevona, otquloq, zubturum, momoqaymoq, yulgʻun, yalpiz, yantoq, kurmak, pechak, semizoʻt, oqmiya, gulxayri, saksovul, tuya paypoq, naʼmatak, doʻlana va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan sudraluvchilar [(echkemar, charx ilon (efa), kaltakesaklar)], kemiruvchilar (qumsichqon, qoʻshoyoq, yumronqoziq, tulki, boʻri, quyon, tipratikan va b.) qushlardan chumchuq, musicha, bedana, jiblajibon, qarqunoq, koʻrshapalak, soʻfitoʻrgʻay, qirgʻiy, qaldirgʻoch, koʻkqargʻa, bulbul, saʼva, qizilishton, oʻrdak, laylak, zargʻaldoq, sassiqpopishak va b. bor. Soy va kanallarda ondatra uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 465,2 kishi. Shahar aholisi 14,2 ming kishi, qishloq aholisi 120,7 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash zdi, tikuvchilik fkasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar bor.

Q. x. ning asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Pillachilik, chorvachilik, gʻallakorlik, poliz va sabzavotchilik ham rivojlangan. Tumanda 11 shirkat xoʻjaligi mavjud. Toshloq tumani ekin yerlariga paxta, don, sabzavot, poliz, beda, lavlagi ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Tumanda 50 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, kutubxonalar, madaniyat uylari, klub muassasalari, muzeylar ishlab turibdi. Markaziy kasalxona va uning boʻlimlari, poliklinika, tugʻruqxona, tibbiy punktlar faoliyat koʻrsatadi. Tuman markazi va Fargʻona shahri hamda tumandagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x