Toshkent hayvonot bog‘i


Post Views:
2 591

Yunusobod tumani hududi, Bog‘ishamol ko‘chasi, 232a manzilda joylashgan. 1924 yil O‘rta Osiyo davlat universiteti (SAGU) olimlari tomonidan tashkil etilgan. Hayvonot bog‘i tashkil etilishiga Turkiston general-gubernatori bog‘i, Sirdaryo viloyati gubernatorining Sadoviy (hozirgi O‘zbekiston ovozi) ko‘chasi oxirida joylashgan dala bog‘i hamda knyaz Nikolay Konstantinovich tomonidan Romanov uyi hovlisida, «Xiva» kinoteatrida ko‘ngilxushlik uchun jamlangan yovvoyi va yirtqich hayvonlar, qushlar asos bo‘lgan.

1921 yilning mart oyida Turkiston general-gubernatorligi bog‘i o‘rnida Botanika bog‘i tashkil etilib, tajriba va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun O‘rta Osiy davlat Universiteti tasarrufiga berildi. Universitet olimlari tomonidan Botanika bog‘i hududida hayvonlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, uning negizida Toshkent hayvonot bog‘i tashkil etilgan. Toshkent hayvonot bog‘i tashkil etilishida universitetning zoolog olimlari N.A. Kayzer, N.N.Kuznetsova, V.B.Trizna singari olimlarning xizmati katta bo‘lgan. 1938 yil Toshkent hayvonot bog‘i mustaqil muassasa sifatida to‘liq shakllanib bo‘lgach, sobiq Sirdaryo viloyati gubernatorining 4 ga bog‘iga ko‘chirilgan.

O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan «Flora va faunaning yo‘qolib borayotgan turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida»gi xalqaro Konvensiya (SITES) talablari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 apreldagi «Biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha milliy strageyasi va harakatlar rejasi to‘g‘risida»gi 139-sonli qarori Toshkent hayvonot bog‘ining asosiy me’yoriy hujjati hisoblanadi. Har tamonlama rivojlanib va shakllanib borayotgan Toshkent hayvonot bog‘i faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida, mustaqillik davrida zamon talablari asosida Toshkentning shimoliy-sharqida, Botanika bog‘i yonida 22,8 ga hududda yangitdan Toshkent hayvonot bog‘i hududi bunyod etildi.

Yangi huddud tarkibida ma’muriy bino, akvarium, terrarium, maymunxona, to‘tixona, mayda sut emizuvchilar, insektariy pavilonlari, sut emizuvchilar, qushlar, suvda suzib yuruvchi qushlar, tuyoqlilar va filxona volyerlari tashkil etildi. Yangi Toshkent hayvonot bog‘ining ochilishi marosimi 1997 yil 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Toshkent hayvonot bog‘i 2000 yildan boshlab nufuzli «YEARAZA» — Yevropa-Osiyo hayvonot bog‘lari akvariumlarining hududiy assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi. Toshkent hayvonot bog‘i «YEARAZA» orqali ko‘plab xorijiy davlatlar hayvonot bog‘lari bilan yaqindan aloqa o‘rnatish, ortiqcha hayvonlar bilan bepul manfaatli ayirboshlash hamda qimmatbaho ma’lumotlar olib turish imkoniga ega bo‘ldi. 2007 yilning 12-18 aprel kunlari yangitdan tashkil etilgan Toshkent hayvonot bog‘ining 10 yilligi nishonlandi.

Tadbir doirasida Toshkentda ilk bor «YEARAZA»ning navbatdagi yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 2009 yilgacha ortiqcha hayvonlarni o‘zaro manfaatli ayirboshlash yuli bilan Malayziya, Moskva, Boku, Almata, Kishinyov, Riga, Nikolayev, Bolsherechye, Novosibirsk, Chimkent hayvonot bog‘lari bilan 46 turga oid 123 ta noyob hayvonlar Toshkent hayvonot bog‘iga keltirildi. Ayni paytda Toshkent hayvonot bog‘i Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Samara, Kaliningrad, Nikolayev, Belorussiyaning Minsk, Ukrainaning Kiyev, Xarkov, Qozog‘istonning Olmaota, Chimkent, Moldovaning Kishinyov, Chexiya Respublikasining Xomutov, Vishkov, Praga, Plzen, Slovakiyaning Bratislava, Malayziyaning Kuala-Lumpur, Hindistonning Nyu-Dehli va dunyoning boshqa qator hayvonot bog‘lari bilan yaqindan do‘stona aloqalar o‘rnatgan.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008 yil 28 yanvarda «Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasini yanada boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. 2010 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent xayvonot bog‘ida noyob hayvonlar, qushlar, baliqlar turi 450 tani, ularning umumiy soni esa 5000 tani tashkil etdi. Hayvonot bog‘ida «Qizil kitob»ga kirgan sut emizuvchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, baliqlar, yovvoyi va yirtqich hayvonlar oilasiga mansub qator hayvonlar turi saqlanadi. 1995 yil 16 dekabr kuni «O‘zbekiston markasi» nashriyoti tomonidan Toshkent hayvonot bog‘iga bag‘ishlangan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Toshkent hayvonot bog‘i o‘z sayti va elektron pochtasiga ega.

Ergash Ismatullayev
09.03.2010 y.

https://shosh.uz/uz/toshkent-hayvonot-bogi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x