TOPIVOLDIYEV

TOPIVOLDIYEV Mamadali (1919.20.9 — Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishlogʻi — 1969.7.5) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1941-y. dan frontda. Borisov sh. yaqinidagi jangda yaralangan va asirga tushib krlgan. 1942-y. asirlikdan qochgan. Belorussiyadagi partizanlar brigadasida razvedka boʻlinmasi komandiri. Topivoldiyev Mogilyov viloyati Krugloye rnidagi janglarda alohida jasorat koʻrsatgan. 1944-y. avg. da Kahramon unvoniga sazovor boʻlgan. Armiya safidan boʻshatilgach, qishlogʻida kz raisi boʻlib ishlagan. Rishton tumanidagi Zodiyon qishlogʻida byusti oʻrnatilgan. Fargʻona, Rishton, Hamza sh. lardagi koʻchalarga, Rishton tumani qishloq kengashiga nomi berilgan. Pandigon qishlogʻida uymuzeyi bor. Mogilyov viloyatining Krugloye shaharchasi Topivoldiyev nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x