TOʻRAQULOV Nazir Toʻraqulovich

TOʻRAQULOV Nazir Toʻraqulovich (1892, okt., Qoʻqon 1937.3.11) davlat va jamoat arbobi. Qoʻqondagi rustuzem maktabi (1905), savdo bilim yurtini (1913) tugatgan. Moskva savdo intining iqtisod ftida oʻqigan (1913 — 16). ljahon urushi paytida Gʻarbiy front (Minsk yaqini) da Butun Rossiya Zemstvo ittifoqining yoʻriqchisi (1916). «Erkin dala» yashirin tashkiloti rahbari (1916). Eserlar partiyasining aʼzosi (1918).

1918—19 y. larda Qoʻqondagi sovet idoralarida turli lavozimlarda ishladi. Keyinchalik Turkiston ASSR Maorif xalq komissari (1920), Turkiston ASSR MIK raisi (1920-y. sent. —1921-y. avg.), Turkiston KP MK masʼul kotibi (1921—22). Turkiston MIK huzuridagi Qirgʻiz (qozoq) boʻlimi raisi (1921 — 22). Turkiston «Qoʻshchi» uyushmasining tashkilotchilaridan biri. Toʻraqulov bu lavozimlarda ishlash jarayonida sovet hokimiyati va boloʻpeviklar partiyasiga sadoqatini namoyish qildi. Turkiston muxtoriyati hukumati va Fargona vodiysidagi istiqlolchilik harakatiga toʻgʻri baho bera olmadi va ularni yoʻqotish tarafdori boʻldi. Moskvaga chaqirib olindi. 1922-y. dan maʼmuriy xoʻjalik va diplomatiya ishida. Moskva va Leningraddagi Sharq xalklari inti ilmiy xodimi va prorektori (1936—37). 1937-y. 15-iyunda qamoqqa olingan va otishga hukm qilingan (1937.3.11). 1958-y. da oklangan.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Raja b o v K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (19171924-y.), T., 2002.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x