TIRISHISH

TIRISHISH — muskullarning toʻsatdan gʻayriixtiyoriy ravishda qisqarishi. Tirishish nerv sistemasi kasalliklarida (tutqanoq, qoqshol, nevrozlar), zaharlanish, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari ishi buzilganda roʻy beradi. Kelib chiqish sababiga koʻra, Tirishish epizodik, tasodifiy boʻlishi yoki hafta, oy, yil davomida maʼlum vaktda bir necha marta takrorlanib turishi mumkin. Baʼzi bemorlarda Tirishish tashqi taʼsirotlar (toʻsatdan kelgan kattik tovush, badanga nina sanchilishi) natijasida, chuqur nafas olganda, dim xonada, ichkilikni suiisteʼmol qilganda tutib qoladi yoki zoʻrayadi. Tirishish bitta muskulda yoki bir guruh muskullarda sodir boʻlishi mumkin.

Kuchli tirishish (tonik Tirishish) qisqa vaqt davom etishi mumkin, bunda koʻpincha qattiq ogʻriq paydo boʻladi. Bunday Tirishish aksari uzoq yurilganda boldir muskulida, shuningdek, soppasogʻ odamda choʻmilish paytida roʻy beradi. Quruq joyda yurgan paytda paydo boʻlgan Tirishishni oyoq kaftini bir koʻl bilan yozib va ayni vaqgda boldir suyagini ikkinchi qoʻl bilan uqalab yoʻqotish mumkin. Yotganda yoki utirganda tomir tortishib qolganda tezda oʻrindan turib, ogʻrik oyoqning kafti bilan qattik tiranish kerak. Choʻmilayotgan paytda suvda oyoq tomiri tortishib kolganda oyoqni harakatlantirmay, oyoq panjasini sogʻ oyoq bilan yozish kerak. Tirishishga moyil odamlar suvda uzok suzmaganlari maʼqul. Tirishish klonik boʻlishi, bunda muskullar goh tez-tez qisqarib, goh qisqa muddatga boʻshashishi mumkin.

Umumiy Tirishishda, mas., tutqanok xurujida odam hushidan ketishi va yikilib tushishi mumkin. Bunday hollarda vrach chaqirish zarur. Tirishish, odatda, kasallik alomati boʻlishi mumkin, shu boisdan uning sababini aniklash va davolash uchun vrachga murojaat qilish shart.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x