TEMIR- UGLERODLI QOTISHMALAR

TEMIR – UGLERODLI QOTISHMALAR — tarkibi, asosan, temir Fe va uglerod S dan iborat boʻlgan qotishmalar. Sof va texnik turlari boʻladi. Sof Temir- uglerodli qotishmalarning holati maxsus diagramma bilan ifodalanadi va bu diagramma holat diagrammam deb ataladi. Sof Temir- uglerodli qotishmalar tarkibida baʼzi qoʻshilmalar juda oz miqsorda boʻladi. Texnik Temir- uglerodli qotishmalar tarkibiga doimiy qoʻshilmalar (fosfor R, oltingugurt S, marganes Mp, kremniy Si, vodorod N, azot N, kislorod O), legirlovchi qoʻshilmalar (xrom Sg, nikel Ni, vanadiy V, molibden Mo, titan Ti, kobalt So va b.) va modifikatsiyalovchi qoʻshilmalar (magniy Mg, germaniy Se, kalsiy Sa va b.) kiradi va ularning baʼzilari (legirlovchi hamda modifikatsiyalovchi elementlar) ataylab qoʻshiladi. Temir- uglerodli qotishmalar tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab, poʻlat va choʻyanta boʻlinadi. Temir- uglerodli qotishmalarning tarkibi va strukturasini oʻzgartirish yoʻli bilan xilmaxil xossali poʻlat va choʻyan hosil qilish mumkin. Temir- uglerodli qotishmalar mashinasozlik va qurilishda keng ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x