TAYPIN QOʻZGʻOLONI

TAYPIN QOʻZGʻOLONI — Xitoydagi Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni (1850—64). Unga Xun Syusyuan, Yan Syutsin va b. boshchilik qilgan. 1850-y. yozida Szintyan (Guansi viloyati)da boshlangan. Taypin qoʻzgʻoloni dastlab lokal xarakterga ega boʻlgan. Qoʻzgʻolonga puxta tayyorgarlik koʻrilgan, qatʼiy intizomga boʻysungan armiya tuzilgan. Qoʻzgʻolonchilar Yanszi vodiysida «Samoviy moʻlkoʻllik davlati» («Taypin tyango») barpo etganlar. Markazi Nankin sh. boʻlgan (1853). Qoʻzgʻolonchilar soni 20 — 30 mingdan 300—500 minggacha yetgan. Koʻzgʻolon rahbarlari Xitoyda ishlab chiqarish. va isteʼmodda barchaning tengligiga asoslangan utopik agrar dasturni eʼlon qilishgan. 1853-y. mayda qoʻzgʻolonchilar Pekinga yurish qilgan, biroq 1855-y. mayda ular hukumat qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan. 1853—56 y. larda Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolonchilar gʻalabaga erishib katta hududlarni egallashgan. Biroq 1856-y. dan qoʻzgʻolon rahbarlari oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelishi oqibatida qoʻzgʻolonchilar safi zaiflashgan. Sin hukumati Angliya va Fransiya yordamida 1864-y. qoʻzgʻolonni bostirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x