SUV OMBORI

SUV OMBORI — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va b.) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va b. suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.

Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-a. oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km3, suv yuzasi mayd. 69000 km2), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.

Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sugorish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m3. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va b.) qurilgan (q. jadval). Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln. ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.

Suv xoʻjaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining toʻliq hajmi Z qismdan: foydalanib boʻlmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal boʻshatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib boʻlmaydigan hajm toʻliq hajmning bir qismi boʻlib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib boʻlmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi) ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va koʻp yillik tartibga soladigan turlarga boʻlinadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik toʻlish va sarflanish sikliga ega. Oqimni koʻp yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yigʻib, suv kam boʻlgan yillarda esa yigʻilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. Oʻrta Osiyo hududidagi So. dan sugʻorish mavsumida suv foydalanib boʻlmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Koʻpincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi toʻla ishlatiladi.

Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan S. o. ga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv ombori dagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi (q. Kattaqoʻrgʻon suv ombori).

So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Baʼzi hollarda loyqa bilan toʻlishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda toʻgʻon qurilgandan soʻng oqiziqlarshgʻt choʻkishi sabab boʻladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari. Oʻrta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Mac, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon Co. 20 yilda 60 mln. m3, Gʻuzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m3, Janubiy Surxon S. o. ning toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan toʻddi; Sirdaryodagi Uchqoʻrgʻon S. o. hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi.

Co. ning loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qoʻllanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaktida So. da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda oʻtkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, soʻngra choʻkib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yoʻlida okiziklarni choʻktiradigan tindirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar koʻp boʻlgan loyqa oqim toʻgʻon tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi (yana q. Suv xoʻjaligi).

Ad.: Husanxoʻjayev Z. X., Gidrotexnika inshootlari, T., 1978; Vodoxraniliha mira, M., 1979; Avakya n A. B., Saltankin V. P., Sharapov V. A., Vodoxraniliha, M., 1987; Nikitin A. M., Vodoxraniliha Sredney Azii, L., 1991; Hikmatov F. H., Sirliboyeva Z. R., Aytbayev D. P., Koʻllar va suv omborlari, T., 2000.

Abbos Sodiqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x